Skip to main content

Maxfiylik Siyosati

Maxfiylik Siyosati

So'nggi yangilanish: 20-yanvar 2025 yil

1. KIRISH

1.1. Maxfiylik siyosatining Maqsadi

Ushbu Maxfiylik siyosati (keyingi o‘rinlarda “Maxfiylik siyosati”) "DRIZO MOBILITY" MChJ (keyingi o‘rinlarda “Kompaniya”) tomonidan shaxsiy ma’lumotlarni (keyingi o‘rinlarda “Ma’lumotlar” yoki “Shaxsiy ma’lumotlar”) qayta ishlash va himoya qilish tartibini belgilaydi. Bu Maxfiylik siyosati Drizo mobil ilovasi va unga bog‘liq xizmatlardan (keyingi o‘rinlarda “Xizmatlar”) foydalanadigan foydalanuvchilar (keyingi o‘rinlarda “Foydalanuvchi” yoki “Foydalanuvchilar”) ma’lumotlariga nisbatan qo‘llaniladi.

1.2. Maxfiylik siyosatining Amaldagi Doirasi

Mazkur Maxfiylik siyosati Drizo ilovasidan foydalanish, uni o‘rnatish yoki boshqa shaklda ilova bilan o‘zaro aloqada bo‘lish jarayonida Foydalanuvchilar ma’lumotlarini yig‘ish va qayta ishlashga oid barcha faoliyatlarga tatbiq etiladi. Maxfiylik siyosati, shuningdek, Kompaniyaga tegishli yoki boshqariladigan veb-saytlar va raqamli platformalarga tashrif buyuruvchilarga nisbatan ham amal qiladi.

1.3. Qonunchilikka Muvofiqlik

Kompaniya shaxsiy ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq va xalqaro shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish normalarini hisobga olgan holda qayta ishlaydi. Kompaniya Foydalanuvchilarning huquq va erkinliklarini hurmat qiladi hamda qayta ishlanadigan shaxsiy ma’lumotlar yetarli darajada himoyalanishini ta’minlashga intiladi.

2. MA’LUMOT OPERATORI

2.1. Kompaniya Haqida Ma’lumot

"DRIZO MOBILITY" MChJ O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxs hisoblanadi. Kompaniya texnik, analitik va boshqa tashkiliy masalalarni hal qilish uchun affillangan shaxslar va uchinchi tomon xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda “Hamkorlar”) bilan hamkorlik qilishi mumkin.

2.2. Uchinchi Shaxs Operatorlari

Ba’zi holatlarda Hamkorlar (masalan, to‘lov xizmatlari, stansiyalar yoki avtoturargohlar egalari) mustaqil yoki qo‘shma ma’lumot operatorlari sifatida harakat qilishi mumkin. Bu holatlarda Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari yetarli huquqiy asoslar mavjud bo‘lganda va qonun talablari asosida uzatiladi.

3. MAQSAD

3.1. Oshkoralikni Ta’minlash

Ushbu Maxfiylik siyosati quyidagi maqsadlarni ko‘zlaydi: Kompaniya tomonidan yig‘iladigan shaxsiy ma’lumotlarning turini va ular qanday maqsadlarda ishlatilishini aniqlash; Kompaniyaning shaxsiy ma’lumotlar operatori sifatidagi rolini va majburiyatlarini tushuntirish; Foydalanuvchilarga o‘z ma’lumotlarini boshqarish imkoniyatlarini (kirish, tuzatish, o‘chirish va h.k.) ko‘rsatib berish; Ma’lumotlarni himoya qilish uchun Kompaniya tomonidan ko‘riladigan choralarga izoh berish.

3.2. Amal qilish Ko‘lami

Maxfiylik siyosati Xizmatlardan foydalanishni tartibga soluvchi barcha shartnomalar va kelishuvlarning ajralmas qismi sifatida qaraladi. Agar ma’lumotlarni himoya qilishga oid qo‘shimcha shartlar mavjud bo‘lsa, ular alohida bo‘limlarda yoki hujjatlarda keltiriladi.

4. SHAХSIY MA’LUMOTLAR KATEGORIYALARI

Drizo ilovasini o‘rnatish va undan foydalanish jarayonida quyidagi shaxsiy ma’lumotlar yig‘ilishi mumkin: Ro‘yxatdan o‘tish ma’lumotlari: Ism, telefon raqami, elektron pochta manzili, yosh, pochta manzili va profil yaratish paytida ko‘rsatilgan boshqa ma’lumotlar; Qurilma va foydalanish ma’lumotlari: IP-manzil, qurilma identifikatorlari, ilova harakatlari jurnali, operatsion tizim turi va versiyasi, tashrif vaqtlari, tarmoq ma’lumotlari (Wi-Fi, mobil aloqa), geolokatsiya ma’lumotlari (GPS, tarmoq koordinatalari); Faoliyat haqidagi ma’lumotlar: Qidiruv so‘rovlari (masalan, yonilg‘i quyish shoxobchalari, avtoturargohlar yoki quvvat olish stansiyalari bo‘yicha qidiruv ma’lumotlari); To‘lov ma’lumotlari: Ilova orqali to‘lov amalga oshirilganda foydalanuvchining bank kartasi ma’lumotlari yoki boshqa to‘lov rekvizitlari qayta ishlanishi mumkin.

5. QAYTA ISHLASHNING ASOSLARI VA MAQSADLARI

5.1. Qonuniy Asoslar

Kompaniya shaxsiy ma’lumotlarni quyidagi asoslardan biri mavjud bo‘lganda qayta ishlaydi: Xizmatlarni taqdim etish; Qonun talablariga rioya qilish; Kompaniyaning qonuniy manfaatlarini ta’minlash; Foydalanuvchining roziligi.

5.2. Qayta Ishlashning Maqsadlari

Xizmatlarning asosiy funksiyalarini taqdim etish; Hisobni boshqarish; Kompaniya va Foydalanuvchi o‘rtasida aloqa qilish; Xavfsizlikni ta’minlash va qonunlarga rioya qilish.

6. SHAХSIY MA’LUMOTLARNI HIMOYA QILISH

6.1. Texnik va Tashkiliy Chora-tadbirlar

Kompaniya shaxsiy ma’lumotlarni yo‘qotish, ruxsatsiz kirish, o‘zgartirish yoki oshkor qilishdan himoya qilish uchun quyidagi chora-tadbirlarni qo‘llaydi: Ma’lumotlarni shifrlash; Fayervolllardan foydalanish; Ma’lumotlarga kirish huquqini faqat xizmat vazifalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan xodimlarga taqdim etish; Ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash uchun doimiy monitoring va audit o‘tkazish.

6.2. Maxfiylik Majburiyatlari

Kompaniyaning barcha xodimlari shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashda ichki qoidalarga qat’iy rioya qilishlari shart. Maxfiylikka rioya qilmaslik intizomiy javobgarlikka va qonunchilik asosida jazo choralariga olib kelishi mumkin.

7. MA’LUMOTLARNI UCHINCHI SHAXSLARGA UZATISH

7.1. Kompaniya Doirasida Uzatish

"DRIZO MOBILITY" MChJ ichida (shu jumladan, affillangan tashkilotlarga) shaxsiy ma’lumotlarni uzatish faqat Maxfiylik siyosatida belgilangan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan hollarda amalga oshiriladi (masalan, texnik qo‘llab-quvvatlash yoki yangi xizmatlarni ishlab chiqish).

7.2. Uchinchi Shaxs Hamkorlarga Uzatish

Shaxsiy ma’lumotlar quyidagi hollarda uchinchi shaxslarga uzatilishi mumkin: To‘lov tizimlari operatorlariga tranzaksiyalarni amalga oshirish uchun; Quvvat olish stansiyalari, avtoturargohlar va boshqa infratuzilma obyektlari egalariga; Tahliliy xizmatlar provayderlariga yoki xavfsizlikni ta’minlovchi tashkilotlarga; Davlat organlariga qonuniy so‘rovlar asosida.

7.3. Mulk Tuzilmasidagi O‘zgarishlar

Agar Kompaniya birlashish, bo‘linish, qayta tashkil etish yoki boshqa shaklda biznesni o‘tkazish jarayonini amalga oshirsa, shaxsiy ma’lumotlar huquqiy vorisga Maxfiylik siyosatida belgilangan majburiyatlarga rioya qilgan holda uzatiladi.

8. ХALQARO MA’LUMOTLAR UZATISH VA SAQLASH

8.1. Asosiy Serverlar

Kompaniyaning asosiy ma’lumot saqlash infratuzilmasi O‘zbekiston Respublikasida joylashgan. Shu bilan birga, ehtiyojga qarab, ma’lumotlarni zaxira yoki qo‘shimcha serverlarda boshqa davlatlarda saqlash mumkin.

8.2. Tanshqarida Ma’lumot Uzatish

Agar Xizmatlarni taqdim etish yoki boshqa qonuniy asoslarda shaxsiy ma’lumotlarni davlat chegarasidan tashqariga uzatish talab qilinsa, Kompaniya ushbu uzatishni qonunchilik talablariga muvofiq amalga oshiradi va xavfsizlikni ta’minlash uchun zarur choralarni ko‘radi.

9. MA’LUMOTLARNI SAQLASH MUDDATLARI

9.1. Saqlash Davri

Kompaniya shaxsiy ma’lumotlarni Maxfiylik siyosatida ko‘rsatilgan maqsadlarga erishish uchun zarur bo‘lgan muddat davomida yoki qonunchilikda belgilangan muddat davomida saqlaydi. Ushbu muddat tugagach, ma’lumotlar anonimlashtiriladi yoki o‘chirib tashlanadi.

9.2. O‘chirish Talabi

Foydalanuvchi o‘z shaxsiy ma’lumotlarini o‘chirishni talab qilish huquqiga ega, agar bu talab qonunchilikka zid bo‘lmasa va Kompaniya uchun majburiy saqlash muddatini talab qilmaydigan bo‘lsa (masalan, moliyaviy yoki soliq hujjatlari uchun).

10. FOYDALANUVCHI HUQUQLARI

Foydalanuvchilar o‘z shaxsiy ma’lumotlariga nisbatan quyidagi huquqlarga ega: Kirish huquqi: Kompaniyada mavjud bo‘lgan ma’lumotlar, ularning ishlatilish maqsadi va usullari haqida ma’lumot olish; Tuzatish huquqi: Noto‘g‘ri yoki to‘liq bo‘lmagan ma’lumotlarni to‘g‘rilash; O‘chirish huquqi: Qonuniy asos bo‘lmaganda shaxsiy ma’lumotlarni o‘chirishni talab qilish; Qayta ishlashni cheklash huquqi: Ayrim holatlarda qayta ishlashni vaqtincha to‘xtatish; Rozilikni bekor qilish huquqi: Oldindan berilgan rozilikni bekor qilish (agar bu qonunchilik yoki Kompaniyaning boshqa majburiyatlariga zid bo‘lmasa). Foydalanuvchi o‘z huquqlarini amalga oshirish uchun Maxfiylik siyosatining 13-bo‘limida ko‘rsatilgan aloqa ma’lumotlari orqali murojaat qilishi mumkin.

Drizo ilovasi yoki unga tegishli resurslardan foydalanishda cookie-fayllar (Foydalanuvchining qurilmasida saqlanadigan matnli fayllar) ishlatilishi mumkin. Ushbu fayllar qurilmani aniqlash, sozlamalarni saqlash va statistika yig‘ish imkonini beradi.

Foydalanuvchi cookie sozlamalarini o‘z brauzeri yoki qurilmasi orqali boshqarishi, ularni bloklashi yoki o‘chirib tashlashi mumkin. Biroq, bu ayrim funksiyalarning noto‘g‘ri ishlashiga olib kelishi mumkin.

12. MAXFIYLIK SIYOSATIGA O‘ZGARTISHLAR KIRITISH

12.1. O‘zgartirish Huquqi

Kompaniya Maxfiylik siyosatini qonunchilikdagi o‘zgarishlar yoki ichki ehtiyojlar asosida davriy ravishda yangilashi yoki o‘zgartirishi mumkin. O‘zgarishlar yangilangan tahrirdagi sana ko‘rsatilgan kundan boshlab kuchga kiradi, agar boshqa tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa.

12.2. O‘zgarishlar Haqida Xabar Berish

Kompaniya Foydalanuvchi huquq va majburiyatlariga ta’sir qiluvchi muhim o‘zgarishlar haqida oldindan ilova orqali yoki boshqa mavjud kanallar orqali xabar beradi.

13. ALOQA MA’LUMOTLARI

Shaxsiy ma’lumotlar bilan bog‘liq savollar, da’volar yoki huquqlarni amalga oshirish bo‘yicha so‘rovlar uchun Kompaniya bilan quyidagi kanallar orqali bog‘lanish mumkin: Elektron pochta: legal@drizo.uz Kompaniya barcha murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqadi va qonunchilikka muvofiq ravishda javob beradi.